Platforma haqida
Oʻzbekiston boʻyicha Mamlakat platformasi — Oʻzbekiston Hukumatining xalqaro taraqqiyot hamkorlari bilan muntazam muloqot va hamkorlikni muvofiqlashtirish mexanizmi. U «Oʻzbekiston — 2030» strategiyasi maqsadlarini hamkorlarning moliyaviy va texnik koʻmagi bilan bogʻlashga xizmat qiladi.
Mexanizm tarixi
«Mamlakat platformasi» mexanizmi 2019 yil oktyabr oyida Vashingtonda boʻlib oʻtgan Jahon banki guruhi va Xalqaro valyuta jamgʻarmasi Boshqaruvchilar kengashining yillik yigʻilishlari doirasida joriy etilgan. Oʻzbekiston 2020 yildan mazkur mexanizmni sinovdan oʻtkazishda ishtirok etuvchi 13 ta pilot davlat qatoriga kirdi.
Uning maqsadi — mamlakatlar hukumatlarining xalqaro moliya institutlari, xalqaro tashkilotlar hamda moliyaviy va texnik yordam koʻrsatuvchi ikki tomonlama hamkorlar bilan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga hissa qoʻshadigan davlat dasturlari va loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishdagi hamkorligini muvofiqlashtirishdan iborat.
Hozirda «Mamlakat platformasi» doirasida 40 dan ortiq xalqaro hamkor bilan doimiy muloqot olib borilmoqda.
Muvofiqlashtirish tuzilmasi
Platforma faoliyatiga Kengash rahbarlik qiladi: uning rasmiy tarkibi funksional rollarga ega, soha vazirliklari esa vakolatli vazir oʻrinbosarlari orqali ishtirok etadi.
Strategik islohotlar agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi.
Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi delegasiyasi.
Rivojlanish hamkorlari tomonidan rotasiya asosida moliyalashtiriladi: 2022 — Osiyo taraqqiyot banki, 2023 — Jahon banki, 2024–2025 — Yevropa Ittifoqi.
Ish shakllari
Asosiy vazifalar
- Hamkorlar bilan loyihalarni muvofiqlashtirish, ularning manzilliligi va izchilligini oshirish, vazifalar takrorlanishini oldini olish.
- Materiallarning koʻp tilliligini taʼminlash (ingliz, rus, oʻzbek).
- Dalillarga asoslangan yagona axborot almashinuvi, monitoring va tahlil tizimini tashkil etish.
- Shaffoflik va hisobdorlikni taʼminlash, hamkorlik kontekstini tez tiklash.
Muvofiqlashtirish vositalari
Platforma doirasidagi kelishuv va tavsiyalar qayd etiladi, ammo majburiy qaror maqomini olmaydi — uning mandati muvofiqlashtirish va monitoring bilan cheklanadi.